Ish faoliyatining borishi

Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda...

batafsil

Ish faoliyatining davomiyligi

Un — don mahsuloti bo’lib, donni maydalab olinadi. Unni tayyorlash uchun bug’doy, javdar va tritikal donlari ishlatiladi...

batafsil

Tayyor mahsulot

Yormabop donlarni ustki gul va urug’ qobiqlaridan ajratib olinadi. Bu mahsulotlar oqsil va kimyoviy moddalarga boy bo’ladi...

batafsil

"G'alla-Alteg" AJ

“G’alla-Alteg” AJ tarixi 1909-yildan boshlanadi. U davrda ushbu korxona butun O’rta Osiyodagi mexanizatsiyalashtirilgan, aka-uka Krichiginlar tomonidan asos solingan yagona tegirmon edi. Tegirmonning dastlabki ishlab chiqarish va yordamchi quvvati 60 tonna donni sutkasiga qayta ishlardi. Bu paytda asosan qo’l mehnati orqali (un tashish, qoplarni tikish) ishlar amalga oshirilgan. Tegirmonda qo’shimcha va yordamchi xizmatlar yo’lga qo’yilmagan, tayyor mahsulotlar ko’chalarda saqlanar, qoplar ishchi kuchi va aravalar yordamida tashilardi. Keyinchalik Oktabr revolyutsiyasidan keyin tegirmon davlat korxonasiga aylantirilib, ishchilar qo’liga o’tdi. 1925-yilda tegirmon qayta ta’mirlanib, ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonnagacha yetdi.

Ishlab chiqarish texnik labaratoriyasining vazifalari

  • kelayotgan xom-ashyo va mahsulotlarning norma sifatini baholaydi;
  • konditsiyalarga asosan sifatini baholaydi;
  • donga ishlov berish jarayonini nazorat qiladi;
  • ishlab chiqarish binosini sanitar holatini baholaydi;
  • laboratoriya tarozilar bilan jihozlangan;
  • mahsulotlarning chiqishini hamda sifatini baholaydi.

Batafsil ma'lumot

Korxona elevatorining texnologik tavsifi

  • elevator  –  bu mexanizatsiyalashgan don omboridir;
  • elevatorning asosiy qismlari siloslar hisoblanadi;
  • korpusning maqsadi donning sifati pasayishini oldini olishdir;
  • elevatorda aspiratsion kolonkalar o’rnatiladi;
  • don chiqindilari iste’molchiga temir yo’l va avtotransport orqali uzatiladi.

Batafsil ma'lumot

Tegirmonning don tozalash bo’limi

  • tozalangan don elevatordan 22-noriya (II-50)ga beriladi;
  • buratlarda yirik aralashmalardan tozalanadi;
  • A9-UTO-6 uskunasida yovvoyi o’simlik urug’laridan tozalanadi;
  • don yuvish uskunalarida yuvilib, iflos, chang va mikroorganizmlardan tozalanadi;
  • oqlash uskunasida don usti chang, murtak, popugidan tozalanadi;
  • mayda fraksiyalar nazorat buratiga tushadi.

Batafsil ma'lumot